Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada 8 yoshli ikki bolaning janjali ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi
Ispaniyaning Valyadolid shahrida 8 yoshli o‘g‘il bolaning o‘z tengquri bo‘lgan qiz bilan janjali politsiyaning maxsus bo‘linmalarining aralashuvini talab qilgan ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi. Bu haqda Europa Press axborot agentligi xabar berdi.
Voqea Ispaniyada 23 iyunga o‘tar kechasi San-Xuan bayrami nishonlanishi vaqtida yuz bergan. Shahar maydonlaridan birida 8 yoshli bola bir qizni urgach, qizning ota-onasi farzandi yonini olib, bolani koyishga tushgan. Shunda “zo‘ravon” bolaning ota-onasiga farzandi nomiga bildirilgan haqoratomuz so‘zlar yoqmagan va ular o‘z navbatida qizning ota-onasi bilan janjallashib ketgan.
Voqea joyiga politsiyaning 4 ta naryadi kelganda, oddiygina uzr bilan hal qilish mumkin bo‘lgan kelishmovchilik 50 ga yaqin kishi ishtirokidagi ommaviy to‘polonga aylanib ketgani aniqlangan. Shu sababli politsiyachilar qo‘shimcha naryadlarni, jumladan politsiyaning maxsus bo‘linmalarini chaqirtirishiga to‘g‘ri kelgan.
Tartibni o‘rnatish bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiya vaqtida o‘g‘il bolaning otasi va amakisi hibsga olingan, ular politsiyaga qarshilik ko‘rsatgan. Ma'lum qilinishicha, politsiyachilarning xavfsizligiga xavotir nuqtai nazaridan boshqa hech kimni hibsga olmaslikka qaror qilingan.
Mavzuga oid
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026