Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meteorologlar Germaniya va Avstriyada yangi harorat rekordlari qayd etilganini xabar qildi
Avstriya va Germaniya meteorologiya xizmatlari yangi harorat rekordlari haqida xabar qildi: Germaniyada 38,6 daraja, Avstriyada esa 35 daraja harorat qayd etilgan.
"Germaniyada yangi harorat rekordi qayd etildi va u 38,6 daraja issiqni tashkil etdi. U 1947 yilgi 38,5 daraja rekord haroratni ortda qoldirdi", - deb xabar berdi Germaniya meteorologiya xizmati.
Avstriya meteorologiya va geofizika xizmati xodimlari ham bu yilgi iyun oyini eng jazirama deb atashdi. Ko‘rsatkich bu oyda o‘rtacha haroratdan 4,5 darajaga baland bo‘lgan.
Avvalroq Polshaning Radzin shahrida havo harorati soyada 38,2 darajani tashkil etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026