Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina tashqi ishlar vazirligi faoliyati haqida internet orqaligina bilishini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy brifing vaqtida Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan ukrain dengizchilari to‘g‘risidagi notasiga javobni u bilan kelishmagan holda yo‘llaganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti vazirlik faoliyati to‘g‘risida «internet orqali, aniqrog‘i, «Ukrainskaya pravda»dan biladi».
«Men Rossiyaning dengizchilarimizni qaytarish to‘g‘risidagi notasi va bizning tashqi ishlar vazirligi yo‘llagan javob notasi haqida gapiryapman. Sizlarga nimalar bo‘layotganini oddiy, yuridik bo‘lmagan tilda tushuntiraman. Men, Ukraina prezidenti, sizlarning Rossiya Federatsiyasiga bergan javob notangizni ko‘rganim yo‘q, chunki janob Klimkin bunday masalalarni Ukraina prezidenti bilan muhokama qilishning hojati yo‘q deb hisoblaydi», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Pavel Klimkinning vazirligi dengizchilarning ozod qilinishini tahdid ostiga qo‘yadi.
«Men tashqi ishlar vazirligi endi o‘z harakatlarini siz, hurmatli jurnalistlarga tushuntirishini istayman, men esa sizlar orqali, ehtimol «Ukrainskaya pravda» orqali ularning javobini bilib olarman», — dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026
Ukrainada saylov masalasi zimdan muhokama qilinmoqda. Zelenskiy yaqqol favorit emas
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
17:15 / 04.07.2026