Jahon | 21:37 / 28.06.2019
8464
1 daqiqa o‘qiladi
Apple bosh dizaynerining ketishi ortida 9 mlrd dollar yo‘qotdi
Apple kompaniyasi kapitallashuvi kompaniyaning dizayn bo‘yicha direktori Jonatan Ayv o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgani ortida NASDAQ birjasida 9 mlrd dollarga kamayib, 919,02 mlrd dollarga tenglashdi.
Kompaniya aksiyalari narxi savdolar yopilishi oldidan 199,74 dollar bo‘lgan.
Ayv o‘zining LoveFrom dizaynerlik kompaniyasini tashkil etishga qaror qilgan. Uning bo‘lg‘usi mijozlari orasida Apple ham bo‘ladi. Ayv o‘rnini esa kompaniyaning bosh operatsion direktori Jyeff Uilyams egallaydi.
Ayv kompaniyada 1992 yildan beri ishlab kelgan. U iMac, iPod, iPhone va iPad, MacBook va MacBook Pro qurilmalari dizaynini yaratgan.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024