O‘zbekiston | 21:20 / 28.06.2019
8253
2 daqiqa o‘qiladi

Bu yil qalampir eksporti barakali bo‘ldi ─ Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston 2019 yilning yanvar-may oyida 51 million dollarlik qalampir eksport qilgan. 2018 yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 13,4 barobar ko‘proq bo‘lib, joriy yilda qalampir eksporti barqaror bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda 28 iyun kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi va OAV xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan muloqotda ta'kidlangan.

Vazirlikning Agrar tadbirkorlik, agrar klasterlar hamda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Xolmirzayevning ta'kidlashicha, hech qachon dehqonning mahsuloti ko‘chada qolmaydi, o‘tgan yili qalampirini quritib saqlab qola olgan dehqonlarning mahsuloti bu yil bahordan chetga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tgan yili Andijon viloyatidagi dehqonlarning «Agrobank» krediti asosida 1000 gektar yerga qalampir ko‘chatlari ekishgani, biroq hosil yig‘iladigan payt xorijga eksport qilish bo‘yicha kelishilgan «Chiliuz» mas'uliyati cheklangan jamiyati hosilni olmagani haqida xabarlar keng jamoatchilik o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Mavzuga oid