Fan-texnika | 16:40 / 28.06.2019
5874
3 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki va WWF kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlar turlari to‘g‘risidagi ta'lim loyihasini boshlab yubordi

Foto: Odnoklassniki

Jahon Yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) Odnoklassnikida kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlar turlariga bag‘ishlangan viktorinani boshlab yubordi. Onlayn-test WWFning Rossiyada 25 yilligini nishonlashga mo‘ljallab tashkil etildi.

Loyiha qahramonlari — saqlab qolishda WWFning Rossiyadagi vakolatxonasi ishtirok etayotgan quyidagi sakkiz nafar yo‘qolib borayotgan hayvonlar turlaridir: oq ayiq, atlantika morji, amur yo‘lbarsi, yovvoyi shimol bug‘usi, old Osiyo qoploni, Yevropa zubri, oqquyruq va qor qoploni.

OKdagi onlayn-test oltita savoldan iborat. Foydalanuvchilar yo‘qolib ketishi xavfi mavjud qaysi hayvonlar turlarini saqlab qolish mumkinligini bilishi kutilmoqda. Viktorinadagi har bir savol konseptual slayder bilan kuzatib borilib, uning bir qismida yo‘qolib borayotgan hayvon tasviri, boshqa qismida esa — uning to‘liq fotosurati aks ettiriladi. Test savollariga javoblar yo‘qolib borayotgan hayvonlar turlari bilan bog‘liq muammolarning batafsil tavsifidan iborat.

Viktorina foydalanuvchilarga kamyob hayvonlar to‘g‘risida qiziqarli faktlarni bilib olishga yordam beradi. Masalan, unda Rossiyada nechta old Osiyo qoploni bo‘lgani, shimol bug‘usiga insondan tashqari boshqa nimalar tahdid solayotgani hamda oqquyruq changdan qanday himoyalanishi to‘g‘risida ma'lumotlar bo‘ladi. Onlayn-test tugaganidan so‘ng foydalanuvchilarga o‘ziga xos sovg‘a beriladi, ya'ni foydalanuvchi avatariga oq ayiq, oqquyruq, zubr yoki morj tasviri o‘rnatiladi.

Odnoklassnikida o‘tkazilayotgan viktorina BBDO agentligi tomonidan jamg‘arma yubileyiga mo‘ljallab ishlab chiqilgan WWFning Rossiyadagi vakolatxonasining “Yo‘qolib ketganlarni qaytarib bo‘lmaydi” deb nomlangan axborot kampaniyasi qismi bo‘ldi.

Odnoklassniki WWFning Rossiyadagi vakolatxonasi ijtimoiy loyihalarini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Shu tariqa, 2013 yilda ijtimoiy tarmoqning 404 sahifasida Kizil kitobga kiritilgan hayvonlar to‘g‘risida ma'lumot joylashtirilgan edi, 2016 va 2017 yillarda esa OK foydalanuvchilari OK Live mobil striming ilovasi yordamida “Yer vaqti” aksiyasida ishtirok etdilar. 2018 yilda Ekologik qarz kunida OK va WWF foydalanuvchilarga ular sayyoraga qanday ta'sir etayotganliklarini bilib olish va ushbu ta'sirni hisoblab chiqish imkonini beruvchi birgalikdagi test boshlab yubordilar.

Mavzuga oid