Qaşqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga çora körilgan. Bu haqda viloyat sudi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 13 dekabr kuni fuqaro A.O.ning “Odnoklassniki.ru” saytida oçilgan profili közdan keçirilganida, uşbu profilda 4 ta fayl mavjudligi aniqlangan.

Din işlari böyiça qömita Qaşqadaryo viloyat bölimining 2023 yil 16 dekabrdagi IIB-426-sonli xulosasida, uşbu fayllardagi ma’lumotlarda fuqarolarning diniy e’tiqodiga qarab ularning diniy his-tuyğularini haqoratlaşga qaratilgan fikrlar mavjudligi, şu sababli ularni Özbekistonga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatişga ruxsat etilmasligi qayd etilgan.

Tekşiruvlarda A.O. «yoqdi» belgisini bosişi oqibatda öşa postlar uning virtual döstlari va obunaçilariga ham tarqalgani ma’lum bölgan.

Jinoyat işlari böyiça Şahrisabz şahar sudining 2023 yil 18 dekabrdagi qaroriga asosan A.O. MJtKning 184-3-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va şu kodeksning 33-moddasi tartibida BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.