«Odnoklassniki» dagi guruhlar administratorlari endilikda Boosty.to mualliflik kontenti monetizatsiya xizmati bilan hamkorlikda işlab çiqilgan yangi «Donaty» xayriya xizmati yordamida öz kontentida pul işlab topişlari mumkin. OK barça foydalanuvçilari guruhni qöllab-quvvatlab, administratorlarga 1 rubldan boşlab har qanday summani ötkazişlari mumkin. Yangi xizmat mualliflarga öz kontentida köproq pul işlaş, ijtimoiy taşkilotlarga xayriya yiğişni işga tuşiriş, barça foydalanuvçilarga esa sevimli guruhlarni rağbatlantiriş va ularning rivojlanişiga yordam beriş imkonini beradi.

Xizmat «Odnoklassniki» da guruhlarni olib boradigan va kontent rivojlanişi yoki sifatini oşirişga qöşimça mablağni jalb etmoqçi bölganlar, şuningdek, reklama bölmagan monetizatsiyani köpaytiriş maqsadida bölganlar uçun foydali böladi. Masalan, OAV öz obunaçilaridan xayriya mablağlarini yiğişlari mumkin, blogerlar va guruhlar esa öz obunaçilaridan yangi kontent yaratiş uçun mablağ qabul qilişlari mumkin.

Birinçi bosqiçda xayriya yiğimlarini iştirokçilar soni 50 mingdan kam bölmagan guruhlarga ulaş mumkin böladi, keyinçalik esa xizmat obunaçilar soni kamroq bölgan guruhlar uçun ham mumkin böladi. Buning uçun administratorlar guruh sozlamalarida menyudagi «Donaty» punktini tanlaşlari va summani hamda yiğim maqsadini körsatişlari lozim. Guruhni qöllab-quvvatlaş imkoniyati barça obunaçilarda ijtimoiy tarmoqning desktop va mobil versiyalarida aks ettiriladi.

Obunaçilar pulni ötkaziş uçun guruh yangiliklari lentasi ustida joylaşgan «Podderjite gruppu» tugmasini bosişlari kerak.  Obunaçi qilingan xayriyaga dalda, quvonç va boşqa hissiyotlarni ifodalaş uçun öz emotsiyasini ham biriktirib qöyişi mumkin.

Pullarni namoyişkorona ham, öz ismini boşqa foydalanuvçilardan sir saqlab,norasmiy  holda ham ötkaziş mumkin. Xayriya mablağlarini ötkazganlar röyxati guruh yangiliklari lentasi yuqorisida aks ettiriladi, administrator xohişiga köra guruh sozlamalarida bu ma'lumotni yaşirişi mumkin. Tölovlar foydalanuvçining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga boğlangan bank kartasidan yeçib olinadi va pul ötkazmasi amalga oşirilgandan söng 24 soat içida guruh hisobiga tuşadi.

Işga tuşirganda xizmat komissiyasi 5% ni taşkil etadi. Yiğilgan mablağlar avtomatik tarzda sutka davomida bir marta «Donaty» ni sozlaganda körsatilgan bank kartasiga qabul qilinadi. Mablağlarni çiqariş uçun komissiya alohida olinadi.

OK va Boosty.to xizmatlari özaro integratsiyasi guruh administratorlariga öz ijodini qulay va ular uçun odatiy maydonda monetizatsiya qiliş imkonini beradi.

Avvalroq «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqning desktop versiyasida va OK Live mobil ilovasida töğridan töğri translatsiyalarni yaratuvçi mualliflarni qöllab-quvvatlaş vositalarini işga tuşirgan edi. Efir paytida tomoşabinlar translatsiya muallifini pullik sovğalar bilan rağbatlantirişlari mumkin: foydalanuvçilar olingan mablağlarni OK virtual valutalarida bank kartasiga çiqarişlari mumkin yoki ijtimoiy tarmoqdagi pullik xizmatlarni tölaş yoxud öyinlardagi bonuslar uçun işlatişlari mumkin.