Odnoklassniki ijtimoiy tarmoği «Lahzalar» xizmatini işga tuşirdi. OK foydalanuvçilari endi yöqoladigan suratlar va videolar yordamida öz hayotlaridagi lahzalari bilan bölişişlari va maşhurlikda döstlari bilan raqobatlaşişi mumkin – eng yaxşi lahzalarga ega döstlarning reytingi real vaqt rejimida yangilanadi.

OK jamoasi ijtimoiy tarmoqqa xos bölgan formatni öz auditoriyasining qiziqişlariga moslaştirdi: foydalanuvçilar nafaqat şaxsiy suratlar va videolari bilan bölişişi, balki kundalik konkurslar tufayli yangi his-tuyğularga ega bölişi mumkin.

«Lahzalar» ğoyasi ijtimoiy tarmoqlarda talabgir bölgan foydalanuvçilar şaxsiy suratlarini ommalaştirgan holda bir-biri bilan raqobatlaşadigan fotokonkurslar tufayli tuğildi. Fotokonkursning top iştirokçilari öz suratlariga minglab reaksiya oladi va ularni ön minglab insonlar köradi. Biz foydalanuvçilarimizga maşhurlikda faqat öz döstlari bilan musobaqalaşiş imkonini berişga qaror qildik va buning uçun eng tez va yengil usulni tanladik.

«Lahzalar» – surat va videolarning yöqolib borayotgan formatini yangiça talqinda öqiş. Musobaqalaşuv mexanikasi va lahzalarga javob beriş imkoniyati tufayli foydalanuvçilar muloqotlar uçun yangi sabablarga ega böladi. Insonlar OK hayotlaridagi his-tuyğuga boy lahzalari bilan almaşiş uçun kelişadi va endi buning uçun yangi qulay xizmat mavjud», – deydi Odnoklassnikining loyihalar böyiça rahbari Vladimir Koçetkov.

«Lahzalar»da bunday format uçun xos bölgan barça funksiyalar oçiq. Suratlar hamda 10 soniyadan uzun bölmagan qisqa videoroliklar, şuningdek yorqin fonda yozuvlar ommalaştiriş, ularning ustiga stikerlar joylaştiriş, kengaytirilgan reallik niqoblaridan foydalanişlari mumkin. “Lahzalar”da ommalaştirilgan barça surat va videoroliklar OK da muallifning şaxsiy «Surat» bölimida, alohida yorliqda saqlanadi.

Xizmatning öziga xos jihatlaridan biri – şaxsiy «lahza» bilan ijtimoiy tarmoqdagi döstlar va mualliflarning «lahza»lariga javob beriş imkoniyatidir. Buning uçun oçiq yoki yaşirin javob turini tanlaş mumkin. Oçiq javoblardan «lahza»lar zanjiri hosil böladi, unga özlarining yöqolib boradigan suratlari va videolarini ommalaştirgan holda barça döstlar qöşilişi mumkin.

Lahzalarni faqat şaxsiy profildan ommalaştiriş mumkin. Yil yakunigaça guruh va profil ma'murlari mavzuga doir musobaqalar yaratiş imkoniyatiga ega bölişadi, ularga öz lahzalari bilan obunaçilar yoki ijtimoiy tarmoqning barça foydalanuvçilari ijtimoiy teglar va stikerlar orqali qöşilişlari mumkin böladi.