Kamikatsu: aholisi chiqindilarni saralashga majbur bo‘lgan yapon shahrida yashash osonmi?
Jami sivilizatsiyalashgan dunyo chiqindilarni 5 yoki eng yaxshi holatda 10 ta toifaga ajratish amaliyotini tatbiq etayotgan bir paytda Yaponiyadagi Kamikatsu shahri aholisi uylarida hosil bo‘lgan chiqindini 45 ta toifaga saralashga majbur, deya xabar bermoqda TravelAsk. Bu shahar deyarli hech qanday chiqindi ishlab chiqarmaydi, u yerda maishiy chiqindi poligonlarini uchratmaysiz. Kamikatsu butun dunyo uchun taqlid namunasi sanaladi, axir bugun u yerda ishlab chiqariladigan chiqindining 80 foizi qayta ishlanadi, yaqin kelajakda esa bu raqam 100 foizga yetishi kerak.
U qadar katta bo‘lmagan shaharcha aholisi ko‘p emas – bor-yo‘g‘i 1,5 ming kishi. Ehtimol shaharda chiqindilarni saralash va yig‘ishning mukammal tizimini yo‘lga qo‘yilgani aynan shu fakt bilan bog‘liqdir. Bu jarayonga har bir kishi jalb etilgan. Mazkur shaharda iste'mol qiluvchi yaponlar nafaqat qog‘oz, shisha yoki plastik, balki uyda hosil bo‘ladigan boshqa chiqindilarni ham alohida to‘plashadi. Plastik va polietilen idishlar yuviladi, quritiladi va keyinchalik qayta ishlanishi uchun toifalariga qarab turli idishlarga solinadi.
Bu yerda uylar yonida odatiy chiqindi konteynerlar yo‘q, chunki shaharning jami aholisi chiqindini saralab, vaqtinchalik uyda saqlashadi. Aytgancha, chiqindini qayta ishlovchi zavodga chiqindini odamlarning o‘zlari yetkazishadi. Kichik shahar nuqtai nazaridan bu katta muammo tug‘dirmaydi, biroq chiqindini qayta ishlash xarajatlarini qisqartiradi. Hozircha saralanmayotgan 20 foiz chiqindi yoqish uchun yuboriladi, chunki utilizatsiyaning aynan shu turi Yaponiyada eng ekologik deb tan olingan. Bundan tashqari, g‘aroyib shaharchada odamlar o‘zlari uchun keraksiz bo‘lmagan buyumlarni olib kelishi mumkin bo‘lgan do‘kon faoliyat yuritadi. Ushbu do‘kondan istalgan buyumni batamom bepul olish mumkin.
Shahar 2020 yilga kelib chiqindini 100 foiz qayta ishlash ko‘rsatkichiga yetkazishga umid qilmoqda. Albatta, 2000-yillarning boshida shahar hukumati chiqindini saralashning yangi tizimini tatbiq etganida bu fikr Kamikatsuning jami aholisi tomonidan ma'qullanmadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan odamlarga shaharning chiqindisiz faoliyat yuritishi g‘oyasi berildi va bugun shahar faoliyati tufayli yuzaga kelayotgan har yillik 300 tonna chiqindi ikkinchi marta foydalaniladi va atrof-muhitga zarar keltirmaydi.
Mavzuga oid
14:38 / 30.10.2024
Italiyada farrosh ayol 50 ming yevrolik pul va taqinchoqlar solingan eski to‘shakni chiqindiga tashlab yubordi
11:46 / 30.10.2024
1 noyabrdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yiladimi?
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
14:50 / 25.10.2024