Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Korrupsiya maktabdan boshlanmoqda»: Samarqanddagi «elitniy» maktablarga qabul muammosi tanqid qilindi
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Xalq deputatlari viloyat kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasida viloyat markazidagi maktablarga qabul muammolari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Sessiyada korrupsiya masalasi haqida fikr bildirgan Kengash raisi Samarqand shahridagi 17-umumta'lim maktabida bola qabul qilish masalasini ko‘tardi.
Ta'kidlanishicha, bugun birgina Samarqand shahridagi 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 3 koeffitsiyent bilan (o‘quvchilar belgilangan normadan 3 baravar ko‘p) ishlayapti. Birinchi sinfga o‘quvchilarni qabul qilish ishiga maktab ma'muriyati aralashmaydigan Nizom ishlab chiqish va bu normativ viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanishi taklif etildi.
Shuningdek, ta'lim tizimida korrupsiyani bartaraf etish, viloyat va tuman markazlaridagi «elitniy» maktablarda o‘quvchilar soni me'yordan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbir ishlab chiqish yuzasidan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi rahbariga topshiriq berildi.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026