Tabiiy monopoliya sub'yekti tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato iste'molchi foydasiga hal qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan tabiiy monopoliya sub'yektlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qilgan murojaatlarini doimiy ravishda o‘rganib bormoqda, deya xabar qiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati.
Bildirilishicha, qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlarning ko‘rsatishicha, ko‘pchilik hollarda yagona yetkazib beruvchi hisoblangan tabiiy monopoliya sub'yektlari amaldagi qonunchilik talablariga yuzaki qaragan xolda iste'molchilarga asossiz qarzlarni hisoblash holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.
Iste'molchilarga asossiz qarzlarni hisoblash holatlarini yo‘l qo‘yilishi borasida MChJlardan birining murojaati misol qilib keltirilgan.
Qo‘mita tomonidan MChJning iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ortiqcha mablag‘ undirilishi to‘g‘risidagi murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan qum va chaqiq tosh mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3379-son qarori ilovasida ko‘rsatib o‘tilmagan bo‘lsa-da, “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ushbu mahsulotlarning elektr energiyasi iste'moli uchun ortiqcha 94,2 mln so‘m mablag‘ undirilgani aniqlandi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ortiqcha hisoblangan va undirilgan 94,2 mln. so‘m mablag‘ MChJ foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi hamda iste'molchining manfaatlari himoya qilindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:51
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
08:10
Salkam 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
08:50 / 19.11.2024
Uch hududda 671 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
09:14 / 18.11.2024