Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV o‘zbekistonliklarni Qozog‘istondagi kuchli jazirama haqida ogohlantirdi
Foto: Fotolia
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston sinoptiklari ogohlantirishicha 1 iyul kuni Qizilo‘rda viloyatida va Turkiston viloyatining ayrim joylarida harorat 45-47 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Kuchli jazirama harorat Olmaota, Jambul viloyatlarida, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlari ayrim joylarida kutilmoqda. Shuningdek, Qizilo‘rda, Turkiston, Jambil viloyatlarida, Aqto‘be, Qo‘stanay, Olmaota viloyatlari ayrim joylarida favqulodda yong‘in xavfi saqlanib qolmoqda.
Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonga yo‘l olgan yoki ko‘rsatilgan viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga tegishli ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi (Nur-Sulton, Aqmola, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52), Aktau shahridagi Bosh konsulxona (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17), Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291- 11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.
Mavzuga oid
11:59 / 02.02.2026
🔴 LIVE: Iliq bahoriy hafta
21:41 / 29.01.2026
Fevral oyi yanvarga nisbatan iliqroq bo‘lishi kutilmoqda – Gidrometeorologiya xizmati
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026