Respublikaga kirib keladigan nisbatan salqin ob-havo jazirama kunlar bilan örin almaşadi. Uşbu salqinlik qişloq xöjaligi uçun qulay şaroit yaratişi kutilmoqda. Biroq şamollar, toğlarda yoğadigan jala va baland yaylovlardagi salqinlik boğbonlar va çorvadorlardan ehtiyotkorlikni talab etadi.

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.

Joriy hafta qişloq xöjaligi uçun nisbatan qulay bölişi kutilmoqda. Seşanbadan boşlab hududlarning katta qismida harorat pasayib, ekinlardagi stress biroz yumşaydi. Ğöza, sabzavot-poliz va boğdorçilik ekinlarining kunduzgi fiziologik faoliyati uçun nisbatan qulay şaroit yuzaga keladi hamda suğorişdan keyingi namlikning saqlaniş muddati biroz uzayişi mumkin.

Biroq hafta boşida kuzatilişi kutilayotgan kuçli şamollar ayrim hududlarda tuproqning tez qurişi, yoş köçatlar şikastlanişi hamda çang kötarilişiga sabab bölişi mumkin. Şu bois dehqonlar imkoni boriça kimyoviy işlovni va barg orqali oziqlantiriş tadbirlarini şamolli kunlarga möljallamasliklari kerak böladi.

Toğ va toğoldi hududlarda esa hafta davomida qisqa muddatli jala kuzatilişi mumkin. Ayrim joylarda sel xavfi yuzaga kelişi ehtimoli mavjud bölgani bois, toğ yonbağirlaridagi ekin maydonlarida, boğlar va infratuzilma obektlarida ehtiyotkorlik çoralarini kuçaytiriş maqsadga muvofiqdir.

Çorvadorlar uçun

Hafta örtasidan boşlab baland toğli yaylovlarda havo harorati sezilarli pasayib, tun va ertalabki soatlar sezilarli salqin bölişi, ayrim joylarda hatto sovuq tuşişi mumkin. Şu bois çöponlar yomğir va şamoldan himoya qiluvçi kiyim-boşlarini, vaqtinçalik boşpanalarini tayyor tutişlari hamda yoş qöziçoqlarni sovuqdan asraş çoralarini oldindan körişlari tavsiya etiladi. Şuningdek, momaqaldiroqli yoğinlar vaqtida mollarni toğ çöqqilari va oçiq balandliklarda uzoq uşlab turmaslik maqsadga muvofiqdir.

Haftaning ikkinçi yarmida şakllanadigan nisbatan salqin ob-havo yozning avvalgi haftalarida kuzatilgan kuçli issiqlik ta’sirini ma’lum darajada yumşatib, qişloq xöjaligi işlarini bajariş uçun ança qulay şaroit yaratişi kutilmoqda.