Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tumanida «Hunarmandlar shaharchasi» ish boshlaydi
Toshkentdagi Suzuk ota mahallasida ziyoratgoh qurilayotgani sabab bu yerda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar uchun Uchtepa tumanida maxsus shaharcha quriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«2017 yilgacha mahallada faoliyat yuritdik. O‘sha paytga kelib Jahongir Obidovich biz bilan uchrashdilar, hamsuhbat bo‘lib, fikrimizni bildilar. Agar hamma hunarmandlar bitta joyda bo‘lsa, bizning ham o‘z orzu-niyatlarimiz bor. Hunarimizni butun dunyoga tanitish, shogirdlarni ko‘paytirishni reja qilganmiz», — deydi hunarmand Axror To‘raxo‘jayev.
«Hunarmandlar shaharchasi» Uchtepa tumanidagi Jurjoniy mahallasida barpo etiladi. Bu yerda nafaqat milliy hunarmandchilikni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoit tayyorlanadi, balki ustoz-shogird maktabini davom ettirish uchun muhit yaratiladi.
1,8—2 gektar joyni egallaydigan shaharchada 400 ta ish o‘rni yaratilib, turistik markazga aylantiriladi. Hunarmandlar ustaxonalari, shourumlar qatori gastronomik turizm markazi ham tashkil etiladi.
Mavzuga oid
08:58 / 03.05.2026
Toshkentda profilaktika inspektori jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga 10 ming dollar olayotganida ushlandi
19:04 / 16.04.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilariga pulga 3D formatda qo‘rqinchli film namoyish qilindi
16:12 / 06.04.2026
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi
12:52 / 27.02.2026