Uçtepa tumanida joylaşgan Rayan Kids xususiy maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalar turli xil usullarda qiynab kelingani aytilmoqda. Kun.uz’ga boğçadagi kuzatuv kameralari yozuvlari kelib tuşdi.

Bola oğziga latta tiqqan

Videoyozuvlardan birida tarbiyaçi yiğlayotgan bolaning oğziga latta bölagini tiqqani körinadi. Yana bir holatda esa ayni şu tarbiyaçi bolaning oğziga barmoğini tiqib olgani tasvirlarga tuşib qolgan.

Surat 01

Yana bir videoda esa tarbiyaçi yiğlayotgan bolaning boş qismini köksiga bosib, uni qiynagani körinadi.

“Muntazam qiynab kelişgan”

Kun.uz jarohatlangan bolaning otasi bilan boğlanib, holat böyiça söradi. Otaning aytişiça, “reklamada boşqaça, boğça içidagi vaziyat esa dahşatli”.

“Reklamasiga işonib, bolamni şu boğçaga bergandim. Hali gapirolmaydi, kiçik yoşda. Qop-qop va’dalar qilişgandi, ammo vaziyat umuman boşqaça bölib çiqdi. 

Öğlim öz-özidan yiğlaydigan, qörqib, qaltirab qoladigan böldi. Avvaliga tanasining ayrim joylarida kiçik kökarişlar kördik. Keyin bunday jarohatlar köpaydi. Boğçadagi kuzatuv kameralari yozuvlarini körsatişni talab qildim. Ularni körib esa dahşatga tuşdim: bolalarni muntazam qiynab kelişgan ekan.

Bolamning oğziga latta tiqibdi, çimçilab hamma joyini kökartirib taşlabdi. Hozir ekspertizaga berganmiz, IIBga ham murojaat qildim”, deydi ota. 

Surat 02Surat 03

Bu birinçisi emas   

Avvalroq Rayan Kids boğçasining boşqa tarbiyaçisi ham bolaga jarohat yetkazgani uçun ma’muriy jazoga tortilgan.