O‘zbekiston | 10:15 / 09.07.2019
10612
3 daqiqa o‘qiladi

Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxati kengayadi

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II - sonli qarorining 1-ilovasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli qarori 1-ilovasi quyidagi mazmundagi ellik yettinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat.”.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 12 dekabrdagi PF–5594 - son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi.

Ushbu qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 12 dekabrdagi PF–5594-son farmonining 3-band beshinchi xatboshiga asosan atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi tufayli kelib chiqqan.

Bildirilishicha, tavsiya etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida kiritiladigan o‘zgartirishlar bilan me'yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 12 dekabrdagi PF–5594-sonli farmoni talablariga muvofiqlashtiriladi hamda atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash tizimini yaratishga imkon yaratadi.

Ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fanlar akademiyasi bilan kelishiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid