Loyihada radioaktiv materiallarni taşişni ruxsatnoma asosida amalga oşiriş, ularni töğri qadoqlaş va konteynerlaş, transport vositalarini jihozlaş hamda radiatsion nazorat va monitoringni taşkil etiş böyiça asosiy talablar belgilangan.
Şuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş tartibi, taşiş jarayonida iştirok etuvçi şaxslarning majburiyat va javobgarligi, xodimlarning tayyorgarligi va davlat nazorati mexanizmlari ham aniqlaştirilmoqda.
Hujjatga köra, radioaktiv materiallarni taşiş jarayonida xodimlar, aholi va atrof-muhitga körsatiladigan radiatsiyaviy ta’sir belgilangan me’yorlardan oşmasligi şart.
Qadoqlaş töplamlari radioaktiv materiallarni xavfsiz saqlaş va taşiş imkonini beradigan tarzda loyihalanişi, ularning mustahkamligi va radiatsiya ta’siriga çidamliligi hisobga olinişi lozim.
Şuningdek, radioaktiv materiallarni taşişda radiatsiyaviy nazorat, individual nurlaniş dozalarini kuzatiş, transport vositalari va qadoqlaş töplamlarining holatini muntazam tekşirib boriş talab etiladi.
Loyihada yadroviy xavfsizlik talablari ham alohida örin olgan bölib, yadroviy bölinuvçi materiallar bilan boğliq holatlarda maxsus çeklovlar va nazorat mexanizmlari joriy etilişi közda tutilgan.
Mazkur talablar radioaktiv materiallarni taşiş sohasida xavfsizlikni ta’minlaş, iştirokçilar mas’uliyatini aniq belgilaş hamda milliy me’yorlarni xalqaro standartlar bilan uyğunlaştirişga xizmat qiladi.








