Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar atir ichiga yashirilgan giyohvandlik moddasini aniqlashdi
Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan fuqaro N.K. boshqaruvidagi “Toyota” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada Tekshiruv jarayonida uning avtomobilidan “granata” shaklidagi atir idishi va idish ichida esa 1,84 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026