Jumladan, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini işlab çiqariş, tayyorlaş yoki qayta işlaş uçun ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni iste’mol qiliş yoxud tarqatiş uçun bangixona taşkil qiliş yoki saqlaş 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Şuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuçli ta’sir qiluvçi moddalarning  qonunga xilof muomalasiga homiylik qiliş 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni öğrilik yoki firibgarlik yöli bilan qonunga xilof ravişda egallaş, 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.