Ma’lum qilinişiça, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida Toşkent şahridagi Qöyliq bozori yaqinida şubhali tarzda töxtab turgan Lacetti rusumli avtomaşina tekşiruvdan ötkazilgan.

Tezkor tadbir davomida transport vositasida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan 1968 yilda tuğilgan şaxs hamda 1984 yilda Denov şahrida tuğilgan, hozirda Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro bölgani aniqlangan.

Avtomaşina salonidagi yelim idiş içida jami 30 dona öramda 34 kilogramm 610 gramm oğir turdagi giyohvandlik vositalari saqlanayotgani ma’lum bölgan. Ular orasida 12 kilogramm 960 gramm «opiy» va 21 kilogramm 650 gramm «gaşiş» moddalari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, bunday turdagi giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga xorijdan kontrabanda yöli bilan olib kiriladi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan DXX Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda. Şuningdek, uşbu jinoyatga aloqador bölişi mumkin bölgan boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça çora-tadbirlar körilmoqda.