O‘zbekiston | 15:02 / 09.07.2019
5051
3 daqiqa o‘qiladi

Import qilinadigan dori vositalarining narxi jilovlab turiladi

Foto: TASS

Bu sotib olish qiymatini hisob-kitob qilish formulasining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir, deb yozmoqda Norma.
 
Undan bir tarkibiy qism – kontrakt tuzish va BYuDni to‘ldirish sanasidagi MB kursidan kelib chiqib belgilangan kontrakt qiymati o‘rtasidagi kurs farqi chiqarib tashlanadi. 
 
Shu tariqa, import qilinadigan dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining sotib olish qiymati BYuDni to‘ldirish sanasidagi MB kursi bo‘yicha kontrakt qiymati, bojxona to‘lovlari va Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 1.1 va 1.2-bandlariga muvofiq boshqa xarajatlardan tarkib topadi.
 
Bu oxirgi iste'molchida qanday aks etadi? Sotib olish qiymati – realizatsiyaning yakuniy narxini belgilash uchun bazis hisoblanadi. Unga nisbatan eng yuqori savdo qo‘shimchasi qo‘llaniladi (15%dan ko‘p bo‘lmagan) va keyinchalik unga chakana qo‘shimchasi (20%dan ko‘p bo‘lmagan) qo‘llaniladigan ulgurji savdo narxi shakllanadi. Dorixona peshtaxtasidagi yakuniy narx shu tariqa shakllanadi.
 
Import kontrakti bo‘yicha tovarlar to‘lov kunidan boshlab 180 kun davomida «erkin muomalaga chiqarish» rejimida olib kirilishi va rasmiylashtirilishi kerak. Bunda xorijiy valutalarning milliy valutaga nisbatan kursi barqaror o‘sib bormoqda. Masalan, AQSh dollari so‘nggi 180 kun oralig‘ida 238,49 so‘mga qimmatlashgan. Ya'ni kursdagi farqning sotib olish qiymatiga kiritilishi yakuniy narxning qo‘shimcha ravishda o‘sishiga olib keladi hamda iste'molchining xarid qobiliyatiga ta'sir etadi.
 
Tegishli ravishda, mazkur komponentning chiqarib tashlanishi import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini biroz jilovlab turishga imkon beradi.

Hujjat 5.07.2019 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid