O‘zbekistonda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2019 yil 24 mayda ilmiy jamoatchilik va oliy ta'lim muassasalari rektorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklandi:
fan va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, shu jumladan, fan va ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvofiqlashtirish, fan va texnologiyalar sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi natijadorligini ta'minlash;
ilmiy-texnik siyosat strategiyasi, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish va tasdiqlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
ilmiy-texnik loyihalarning davlat maqsadli dasturlarini tasdiqlash va ularning amalga oshirilishi yuzasidan ta'sirchan nazoratni ta'minlash;
har yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining maqsadli indikatorlarini tasdiqlash;
fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan to‘ldirish va butlovchi hamda sarflash materiallari bilan uzluksiz ta'minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
fan va texnologiyalar sohasida mamlakat ilm-fanini jahon yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish, ilmiy salohiyat va innovatsion rivojlanishni reyting baholashda mamlakat imijini, shu jumladan, ilmiy ishlanmalarni faol tijoratlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali oshirish;
ilmiy-tadqiqot, ta'lim va loyiha-konstruktorlik muassasalari, shuningdek, sanoat korxonalari va tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish maqsadida eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalar to‘g‘risidagi ilg‘or xorijiy tajribani izlash, umumlashtirish, tahlil qilishning davlat axborot-tahlil tizimini yaratish, O‘zbekistonni rivojlantirish uchun ilmiy-texnik salohiyatning zamonaviy axborot-resurs bazasini shakllantirish;
muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasini isloh qilish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni muhokama qilish, shu jumladan, ommaviy muhokama qilish;
fan va texnika sohasida Davlat mukofotini berish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda takliflar tayyorlash.
Mavzuga oid
01:05 / 14.11.2024
Oliy matematika sun’iy intellektning zaif tomoni bo‘lib qolmoqda - tadqiqot
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
16:40 / 08.10.2024
Xitoyda matematikani o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar uchun maxsus klinika ochilmoqda
07:16 / 20.08.2024