Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimi va «Yuk tashishlar monitoringi» axborot platformasi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar hisobini amalga oshirish hamda soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasida real vaqt rejimida ma'lumotlar almashish imkonini beradigan, soliq hisobotini topshirish tizimi bilan integratsiya qilingan buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimini ishlab chiqadi va joriy qiladi.
Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda «UzTrans» yagona interaktiv axborot tizimi bazasida quyidagilarni ta'minlaydigan «Yuk tashishlar monitoringi» axborot platformasini ishlab chiqadi:
- yuk tashuvchilar tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini (schyot-faktura (invoys), yuk xati va boshqa hujjatlarni) ro‘yxatdan o‘tkazish;
- yuk jo‘natuvchilar va uni qabul qilib oluvchilar tomonidan real vaqt rejimida tovarlar harakatini monitoring qilish.
Yangi o‘rnatiladigan tartibga ko‘ra 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
- Yagona axborot tizimidan foydalanuvchi tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ushbu dasturiy mahsulotni qo‘llagan davrida tekshirilmaydi;
- yuk tashuvchi tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini Axborot platformasida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Mavzuga oid
19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi
21:15 / 23.02.2023
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori
18:56 / 30.01.2023
Mahalliy hokimiyatga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish taqiqlanadi – prezident qarori
23:06 / 11.08.2020