Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashirincha olib kirishga urinilgan 51,1 mln so‘mlik mahsulot to‘xtatib qolindi
Ayrim fuqarolar tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan alkogolli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini respublikamizga noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchramoqda.
Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan shu turdagi bir nechta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga kirib kelgan poyezd yo‘lovchisi Yu.A.ning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik salkam 300 dona 170 litrdan ortiq ichimliklar borligini aniqlandi.
Shuningdek, “Olmaota-Nukus” yo‘nalishi bilan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilaridan B.M. va K.O.ning yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada ushbu shaxslarning yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 13 ming dona elektron sigaretlar va boshqa mahsulotlar borligi ma'lum bo‘ldi. Aniqlangan tovarlarning umumiy qiymati 51,1 mln. so‘mni tashkil etar ekan.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
08:40 / 17.03.2026