Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Navoiyda cho‘milish uchun ruxsat berilmagan suv havzalarida cho‘milgan yoshlarga kitoblar tarqatib chiqdi
Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda viloyat hududlaridan oqib o‘tuvchi cho‘milishga ruxsat berilmagan kanallar va daryolarda reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda FVV saytida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, reydlar davomida cho‘milish uchun ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milayotgan fuqarolarga ushbu hududlarda cho‘milish mumkin emasligi tushuntirilib, suv havzalaridan chiqarib yuborilmoqda hamda voyaga yetmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularga kitoblar berilmoqda.
Bundan tashqari, mavsum boshidan viloyat hududidan o‘tgan daryo, kanallar va ichki ariqlar bo‘ylarida “Cho‘milish taqiqlanadi” yozuvlari bo‘lgan 356 dona ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:50 / 05.06.2026
Popda cho‘kib ketgan yigit jasadi 8 kunlik qidiruvdan keyin topildi
16:58 / 02.06.2026
Yuqori Chirchiqda quvurga tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarib qolindi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
11:55 / 25.05.2026