Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universiada-2019. O‘zbekistonlik taekvondochi finalga chiqdi
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlari davom etmoqda.
12 iyul kungi bahslar ham O‘zbekiston vakillari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan Niyoz Po‘latov universiadaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Dastlabki janglarda xorvatiya va italiyalik tayekvondochilarni mag‘lub etgan o‘zbekistonlik sportchi chorak finalda turkiyalik Merkan Dolmakdan ustun keldi.
U yarim finalda xitoylik Vu Yichaoga qarshi bahs olib borib, 5:3 hisobida hisobida zafar quchdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Niyoz Po‘latov hal qiluvchi bahsda eronlik Soroush Ahmedga qarshi dayanga chiqadi.
Mavzuga oid
08:30 / 14.07.2019
O‘zbekistonlik tennischilar Butunjahon talabalar universiadasida birinchi o‘rinni egallashdi
08:27 / 13.07.2019
O‘zbekiston Universiada o‘yinlari tarixida tennis bo‘yicha ilk medalni qo‘lga kiritdi
22:19 / 12.07.2019
Universiada-2019. Tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida ham finalga chiqdi
10:10 / 07.07.2019