Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik tennischilar Butunjahon talabalar universiadasida birinchi o‘rinni egallashdi
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlarining o‘ninchi kungi bahslari ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘zbekistonning Universiada o‘yinlari tarixidagi tennis bo‘yicha ilk sovrinini qo‘lga kiritgan vakillarimiz delegatsiyamizga yana ikkita medalni tuhfa etishdi.
Yosh umidli tennischimiz Humoyun Sultonov erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ham medalga sazovor bo‘ldi.
Dastlabki o‘yinlarda Shri-Lanka, Portugaliya va Kipr vakillarini hamda chorak finalda amerikalik Keyegan James Smitni yirik hisobda mag‘lub etgan yurtdoshimiz yarim finalda fransiyalik Lukas Poullaindan 6/0, 6/3 hisobida ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Final uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Tseng Chun-Xsinga qarshi kortga chiqqan Humoyun Sultonov birinchi setda tay-breykda g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi setda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi hamda delegatsiyamizning universiadadagi yettinchi sovrini hisoblangan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Juftlik bahslarida oltin, yakkalikda kumush medalga sazovor bo‘lgan tennischi yigitlarimiz umumjamoa hisobida ham birinchi o‘rinni egallab, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev juftligi musobaqaning oltin medalini ya'ni O‘zbekistonning Universiada o‘yinlari tarixidagi tennis bo‘yicha ilk medalini qo‘lga kiritishgan edi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
08:45 / 08.06.2026