Jamiyat | 12:18 / 13.07.2019
8419
1 daqiqa o‘qiladi

Tanishining 88 mln so‘mi va 24 500 dollarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xorazm viloyatining Urganch tumanida 10 iyul kuni IIBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil iyul oyidan 2019 yil aprel oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Jayxun mahallasida yashovchi 26 yoshli S.T. ismli ayol shu mahalla hududida tanishi 33 yoshli A.A.ga Toshkent shahridagi firmasi orqali Xitoy davlatiga ho‘l meva mahsulotlarini eksport qilish uchun pul zarurligini aytgan.

Qayd etilishicha, hujjatlarda bu ayolning aldov yo‘li bilan ishonchiga kirganligi va jami 88 mln. so‘m va 24 500 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan S.T.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid