Jahon | 08:20 / 14.07.2019
6970
1 daqiqa o‘qiladi

Tunis sohillari yaqinidagi kema halokati 82 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: AP

Tunis sohillari yaqinida noqonuniy migrantlarni tashiyotgan kemaning halokati qurbonlari 82 kishini tashkil qildi. Bu haqda Qizil yarimoy xalqaro qo‘mitasining Tunisdagi bo‘limiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

“Bir hafta davom etgan qidirishlardan keyin o‘tgan hafta cho‘kkan kemada bo‘lgan barcha 82 kishining jasadi chiqarib olindi”, deb ma'lum qilgan qo‘mita vakili Monji Slim.

Ma'lum qilinishicha, omon qolgan migrantlar kemada hammasi bo‘lib 86 kishi bo‘lganini xabar qilishgan.

Kema 4 iyulda ag‘darilib ketgan. Ma'lum qilinishicha, halokat yuz bergan joy yaqinida bo‘lgan tunislik baliqchilar 4 kishini qutqarib qolishgan, ulardan biri keyinroq shifoxonada vafot etgan.

 

Mavzuga oid