Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada poyezd ustiga devor quladi: mashinist halok bo‘ldi
Kataloniyada bo‘ron sababli tayanch devor temiryo‘l izlariga quladi - aynan shu paytda u yerdan poyezd o‘tayotgan bo‘lgan. Bir kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohat oldi, ularning besh nafari - og‘ir ahvolda.
Ispaniya janubida kamida 42 kishi hayotiga zomin bo‘lgan yirik temiryo‘l fojiasidan bor-yo‘g‘i ikki kun o‘tib, mamlakatda yana bir temiryo‘l halokati yuz berdi — u ham o‘lim bilan yakunlandi. Kataloniya yong‘in xizmati vakili Klaudi Galyardo seshanba, 20 yanvar kechqurun xabar berishicha, shahar atrofida harakatlanuvchi poyezd vagoni ustiga tayanch devor qulab tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi esa og‘ir tan jarohati olgan. Fojia Barselonadan taxminan 40 kilometr g‘arbda joylashgan Jyelida shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Kataloniyadagi shahar atrofi poyezdlari operatori Rodalies de Catalunya ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan kishi ushbu kompaniya xodimi bo‘lgan. EFE agentligi aniqlashicha, gap poyezd mashinisti haqida ketmoqda.
Halokatga sabab — kuchli bo‘ron oqibatida katta hajmli devor parchasi aynan poyezd shu joydan o‘tayotganda to‘g‘ridan to‘g‘ri relslarga qulab tushgani. Jarohat olgan yo‘lovchilarning aksariyati birinchi vagonda bo‘lgan — devorning asosiy qismi ham aynan shu vagon ustiga qulagan.
Favqulodda yordam xizmatida bildirilishicha, 37 nafar jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilgan, ularning ko‘pchiligi yengil tan jarohati olgan. Bir yo‘lovchini esa ezilib qolgan vagondan chiqarib olishga to‘g‘ri kelgan.
Bundan ikki kun oldin, yakshanba, 18 yanvar kechqurun Ispaniya janubidagi Kordova provinsiyasida ikki tezyurar poyezd to‘qnashishi natijasida 42 kishi halok bo‘lgan edi. Hozirgacha 37 kishi shifoxonalarda qolmoqda. Malagadan Madridga ketayotgan Iryo kompaniyasi poyezdi relsdan chiqib, qo‘shni yo‘lga o‘tib ketgan va u yerda Uelva tomon ketayotgan poyezd bilan to‘qnashgan.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026