O‘zbekiston | 16:19 / 15.07.2019
2810
3 daqiqa o‘qiladi

Nukusda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi mintaqaviy filiali tashkil etiladi 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Nukus filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Xalq ta'limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Nukus shahrida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013 yil 6 martdagi 68-son qaroriga muvofiq: 

Markaz tomonidan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining mintaqaviy filiallari to‘g‘risidagi Namunaviy nizom belgilangan tartibda tasdiqlangan;

Markaz mintaqaviy filiallarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlanganligi, ular xodimlarining cheklangan soni 43 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni – 9 nafar etib belgilangan;

Markazning mintaqaviy filiallari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, bitta avtotransport vositasi bilan ta'minlash Davlat budjeti parametrlarining tegishli yilga “Ta'lim” sohasida nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:

Markazning Nukus mintaqaviy filialini zamonaviy fikrlovchi, yuqori malakali, professionalizm va mas'uliyat tuyg‘usi yuqori bo‘lgan, imkoniyatlari cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatar guruhlaridan bo‘lgan bolalar va ularning oilalariga, shuningdek, iqtidorli bolalarga ijtimoiy-pedagogik, huquqiy, tibbiy-reabilitatsiya va axborot-ta'lim yordami ko‘rsatish sohasida tegishli amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlar bilan ta'minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilda Markazning Nukus mintaqaviy filialini saqlash xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin, 2020 yildan boshlab esa har yili zarur bo‘ladigan budjet mablag‘larini nazarda tutadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi:

Markazning Nukus mintaqaviy filialini joylashtirish uchun tegishli bino ajratadi;

Markaz bilan birgalikda Markazning Nukus mintaqaviy filialini zarur asbob uskunalar va jihozlar bilan ta'minlash uchun loyiha takliflarini ishlab chiqib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid