Pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan psixotrop dorilar fosh etildi
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan.
Ammo, shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari tez-tez uchramoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro I.R. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 200 dona “Rivotrin” nomli tarkibida psixotrop moddalar mavjud dori vositasi borligi fosh etildi.
Shuningdek, fuqarolar K.L., K.S., A.S. va B.O. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalarida mamlakatimizga olib kirilishi taqiqlangan jami 280 dona “Zaldiar”, “Rokacet” va “Normopresan” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda fuqaro S.A. nomiga xorijdan kelgan pochta jo‘natmasida esa og‘irligi 160 gr bo‘lgan ko‘knori o‘simligi urug‘lari borligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024