O‘zbekiston | 08:22 / 15.07.2019
20807
2 daqiqa o‘qiladi

Zomin milliy tabiat bog‘ining qo‘riqlanadigan va chegara oldi maydonlariga kirish taqiqlandi

Foto: uzbek-travel.com

Zomin milliy tabiat bog‘ining qo‘riqlanadigan va chegara oldi maydonlariga kirish taqiqlandi. Bu haqda Sangzor xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Zomin milliy tabiat bog‘i ma'muriyati yoz mavsumining issiq kelishi natijasida qator qoidalarga rioya qilishni so‘ragan.

Ular:

• havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida Zomin milliy tabiat bog‘i hududiga keluvchi dam oluvchilar oqimi ko‘payayotganligi munosabati bilan hududga har xil turdagi maishiy chiqindilarni tashlamaslikni;
• o‘simlik dunyosining qizil kitobga kiritilgan ko‘plab turlarini payhon qilmaslikni;
• ayniqsa yuqori tog‘ zonalari (Sufa, Qashqasuv, Irg‘aylisoy) chegara oldi hududlaridagi tabiiy boyliklarni asrab-avaylashingizni, eng muhimi yong‘inlarni oldini olishda e'tiborli bo‘lishga chaqiradi.

“Yuqoridagi omillarni e'tiborga olib Zomin milliy tabiat bog‘i ma'lum muddatga  milliy tabiat bog‘ining qo‘riqlanadigan hududlari va chegara oldi maydonlarining tabiiy holatini asrash va yong‘in xavfini oldini olish maqsadida vaqtincha dam oluvchilar oqimini qo‘riqlanadigan hududlarga kirishini taqiqlaydi”, - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid