Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qo‘yliq» dehqon bozorining markaziy kirish yo‘lagida pichoqbozlik yuz berdi
Joriy yilning 15 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yashovchi 39 yoshli A.Ya.Toshkent shahrining Bektemir tumani “Qo‘yliq” dehqon bozorining markaziy kirish yo‘lagida o‘zaro janjal tufayli Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli T.F.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada T.F. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Ya.qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
10:44 / 10.02.2026
Kompyuter o‘yinxonasida ikki bola pichoqlandi
12:27 / 08.08.2025
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
22:14 / 05.05.2025