Ma’lum qilinişiça, hodisa kompyuter öyinxonasida sodir bölgan. Ayblanuvçi u yerda bölgan voyaga yetmagan bola bilan öziga töğri salom bermagani sababli janjallaşib ketgan. Yigitning aytişiça, jahl ustida bolaning oyoq qismiga piçoq bilan şikast yetkazgan. Keyin esa yana bir voyaga yetmagan bolani ham piçoqlagan.

Hodisa vaqtida ayblanuvçining şerigi bölgan va u ham dösti bilan birga voyaga yetmagan bolalarni kaltaklaşda iştirok etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi, ya’ni ikki yoki undan ortiq şaxsga nisbatan qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayblanuvçiga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.