Jahon | 20:00 / 17.07.2019
8370
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva sudi Kerch bo‘g‘ozida ushlangan ukrainalik dengizchilarning hibsda ushlanishini uzaytirdi

Foto: RIA "Novosti"

Moskvaning Lefortovo sudi Kerch bo‘g‘ozida ushlangan 24 ukrainalik dengizchining hibsda ushlab turilishini 3 oyga uzaytirdi. 

Sud majlisi Federal xavfsizlik xizmati iltimosiga ko‘ra omma uchun yopiq tartibda o‘tkazilgan. Sudda dengizchilarning yaqinlari va jurnalistlardan tashqari, oliy radaning  inson huquqlari bo‘yicha vakili Lyudmila Denisova ham ishtirok etgan.

Avvalroq advokat Nikolay Polozov tergovning faol bosqichi yakunlangani va barcha 24 dengizchiga Rossiya chegarasini uyushgan guruh tarkibida noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha ayblov qo‘yilganini ma'lum qilgan.   

2018 yil 25 noyabrda Ukrainaning “Berdyansk” va “Nikopol” artilleriya katerlari hamda “Yani Kapu” buksiri Qora dengizda Rossiya hududini buzgani uchun ushlangan. Kemalarda bo‘lgan 22 dengizchi va Ukraina xavfsizlik xizmatining 2 xodimi hibsga olingan.   

Mavzuga oid