Kerç böğozida Rossiya tankerlari halokatga uçraganidan keyin mazut bilan ifloslangan tuproq hajmi 200 ming tonnagaça oşişi mumkin. Bu haqda 23 dekabr, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasi tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri Aleksandr Kozlov avariya oqibatlarini bartaraf etişga bağişlangan yiğilişda ma’lum qildi.
«Biz hozirda 14 ming tonna haqida gapiryapmiz. Mutaxassislar prognoz qilayotgan hajm 200 ming tonnaga yetişi mumkin», — deydi u.
«Olimlarning yordamiga umid qilaman, ular menga qanday harakat qiliş kerakligini, dengizda qanday reagentlardan foydalanişni aytişlari kerak. Tankerlar esa ğavvoslar iştirokida tekşirilişi kerak», — deya Kozlovning sözlaridan iqtibos keltiradi "Interfaks" agentligi.
Anapa aholisi mazut tökilişi sababli Putinga murojaat bilan çiqdi
Anapa aholisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boş vazir Mixail Mişustinga videomurojaat yozib, unda Qora dengizga mazut tökilişi oqibatlarini bartaraf etişda yordam talab qilişdi. Video 23 dekabr kuni OAV tomonidan e’lon qilindi.
Xususan, mahalliy aholi «barça hududlardan imkon qadar tezroq professional qutqaruvçilar guruhlarini safarbar etiş», «ularni zarur jihozlar bilan töliq ta’minlaş», «ularning ofat zonasiga havo transporti orqali yetkazilişini ta’minlaş» hamda ilmiy-tadqiqot institutlarini «tadqiqot va işlab çiqariş bilan birgalikda» kimyo sanoati birlaşmalarining oqibatlarini bartaraf etişga jalb qiliş va «falokat zonasiga kimyoviy himoya böyiça mutaxassislarni yuboriş»ni talab etgan. «Dastlabki tugatiş işlarini bir neça oyga keçiktiriş mumkin emas, çunki kirib borayotgan zaharlar har soniyada atrof-muhitni zaharlaydi», — deydi anapaliklar.
Bundan taşqari, videorolik mualliflari xalqaro hamjamiyat va «rivojlangan davlatlar rahbarlari»ga «texnik va texnologik yordam sörab» murojaat qilişni, şuningdek, mintaqa faunasini saqlab qoliş uçun veterinariya xizmatlarini jalb etişni talab qilgan.
Mahalliy aholining sözlariga köra, köplab köngillilar zarur jihozlarsiz iş olib borişmoqda, bu esa ularning salomatligi uçun oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.

















