Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtosanoatda investitsion loyihalarni amalga oshirish 700 mln dollar jalb etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ham tasdiqlangan.
Shuningdek, milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan import qilishda 120 kun muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish taqdim etiladigan avtotransport vositalari, tirkama va osma texnika ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar ro‘yxati ham tasdiqlangan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda «O‘zavtosanoat» AJ ikki oy muddatda quyidagilarni ta'minlashadi:
· Tijorat banklari bilan birgalikda milliy ishlab chiqaruvchilar avtomobillarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish;
· Yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni yakuniga yetkazish;
2019 yilning 1 dekabriga qadar:
· «General Motors» kompaniyasi bilan «O‘zavtosanoat» AJning 2019–2022 yillarda amalga oshiriladigan investitsiyaviy rejalari bo‘yicha muzokaralarni yakunlash va bitimlar tuzish bilan;
· Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsion kompaniyalar va fondlarning mablag‘lari evaziga 700 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan mablag‘ni eng maqbul shartlarda jalb qilish;
· Avtomobil sanoatidagi investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun jumladan, «O‘zavtosanoat» AJning avtomobil sanoati korxonalari ustav jamg‘armalaridagi ulushlari (aksiyalari) ni sotish yo‘li bilan jalb qilish.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026