Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘zaro janjalda akasining umriga zomin bo‘lgan shaxs ushlandi
2019 yil 17 iyul kuni soat 23:30larda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 33 yoshli U.T. Navbahor mahallasi hududida joylashgan “Marjona” oshxonasida akasi, 47 yoshli O.T. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular uylariga ketayotgan vaqtlarida o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli U.T. akasi O.T.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada O.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. U.T. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
08:44 / 23.02.2026