Toshkent viloyatida bir sutka ichida 2000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi
Toshkent viloyati hududida belgilangan tezlikka rioya qilish yuzasidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, 2019 yilning 18 iyul kuni sutka davomida viloyat hududiga o‘rnatilgan tezlikni avtomatik ravishda aniqlovchi moslamalar tomonidan 2000 dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi.
Jumladan, ushbu bir sutkada qayd etilgan qoidabuzarliklar tahlil etilganda, ayrim davlat raqam belgisi bo‘lgan yengil transport vositalari 2 va undan ortiq marotabadan belgilangan tezlikka rioya qilmaganliklari ma'lum bo‘ldi.
Birgina, “Kobalt” rusumli avtomashina haydovchisi joriy yilning o‘zida 11 marotaba turli-xil ko‘rinishdagi qoidabuzarliklarni sodir etgan. “Lasetti” rusumli va “Kobalt” rusumli transport vositalari oxirgi vaqtda Vodiy-Toshkent-Vodiy yo‘nalishida 10-16-marotabadan kelib-ketganliklarini ko‘rish mumkin.
Bu va bu turdagi haydovchilar yo‘lovchi tashishni kasb qilib olib, pulni ketidan quvib, dam olmasdan qatnovlarni amalga oshirib, o‘zlarini hamda boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarini hayotini xavf ostiga qo‘ymoqdalar.
Misol uchun: 2019 yil 17 iyul soat taxminan 06:00larda, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.N. “Opel Omega” rusumli avtomashinani Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan 4R7-Toshkent halqa avtomobil yo‘li orqali Zangiota tumani tomoniga harakatlanib ketayotib, rulda uxlab qolib, shu yo‘lning 4-km.da Chirchiq daryosi ko‘prigi ustidan shu yo‘l orqali bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi A.I. boshqaruvida bo‘lgan WILTON NS34TS rusumli avtoulovning orqa qismiga kelib urilgan. Natijada “Opel Omega” rusumli avtoulov yo‘lovchisi 1997 yilda tug‘ilgan A.U. turli xildagi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya etishga chaqirib qoladi.
Ulug‘bek Nurmuhamedov
Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi xodimi
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024