Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng kuchli smartfon taqdim qilindi

Foto: Digit / YouTube
Asus kompaniyasi o‘yinlarga mo‘ljallangan ROG Phone II smartfonini ishlab chiqardi. Ushbu smartfon dunyodagi eng unumdor smartfon bo‘ldi, deb xabar berdi The Verge nashri.
Smartfon 6,59 dyuymli va 2340 ga 1080 nuqtaga ega AMOLED-ekranga ega bo‘lib, uning korpusida geympadlarda tepki sifatida ishlovchi AirTriggers qo‘shimcha tugmalari, quloqchinlar uchun raz'yom va 4 ta mikrofon joylashgan.
Smartfon Snapdragon 855 Plus protsessori, 12 Gb tezkor va 512 Gb ichki xotira bilan jihozlangan. Qurilma, shuningdek, PUBG Mobile o‘yinini 7 soat uzluksiz o‘ynashga yetadigan 6 ming milliamper-soatli akkumulyator olgan. Smartfon uchun kulerga ega AeroActive Cooler II sovitish tizimi, geympad va qo‘shimcha akkumulyatorga ega dok-stansiya taqdim qilingan. Sovitish tizimini smartfonning orqa qopqog‘iga o‘rnatish mumkin.
Smartfon qachon sotuvga chiqarilishi 23 iyulda Xitoyning Tencent kompaniyasi taqdimotida ma'lum qilinadi. Shu bilan birga, qurilma sentyabrda 900 dollardan sotila boshlanishi taxmin qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Opam ona sog‘inchini o‘zi bilan olib ketdi” – Angrendagi dahshatli YTHda opasi va otasidan ayrilgan o‘g‘il
Jamiyat | 21:08
-
Yangi Toshkent hududida «Peterburg mavzesi» barpo etiladi
O‘zbekiston | 20:58
-
10 sentabr – Jahon suitsidning oldini olish kuni
Ayollar dunyosi | 20:45
-
Ruslan Salahutdinov ham ICT Week Uzbekistan 2025 tadbirida mehmon bo‘ladi
O‘zbekiston | 20:29
Mavzuga oid

18:26 / 30.08.2025
Yaponiyada smartfonlardan foydalanishni kuniga 2 soatgacha cheklash taklif qilindi

22:33 / 21.08.2025
Google yangi Pixel qurilmalarini namoyish qildi

11:12 / 12.08.2025
Apple 20 yillik yubileyga shisha iPhone chiqaradi

20:48 / 31.07.2025