Misrda favqulodda vaziyat tartibi yana 3 oyga uzaytirildi
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy mamlakatda amal qilayotgan favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga uzaytirdi.
Favqulodda vaziyat tartibi 25 iyuldan uzaytiriladi.
“Mamlakat qurolli kuchlari va milliy politsiyasi terrorchilik namoyon bo‘lishiga qarshi kurash va uni moliyalashtirish manbalarini yo‘q qilish, butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlikni mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash, davlat chegarasi, jamoat va fuqarolarning mulkini himoyalash uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishi lozim”, deyilgan Misr prezidenti qarorida.
Favqulodda vaziyat tartibi Misrda 2017 yil aprelda Tanta va Iskandariyadagi cherkovlarda amalga oshirilgan teraktlardan keyin joriy qilingan. O‘sha hujumlarda 45 odam halok bo‘lgan, 120 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. O‘shandan beri favqulodda vaziyat tartibi hukumat va parlament ma'qullovi bilan har 3 oyda uzaytirib kelinmoqda.
Mavzuga oid
15:34 / 18.11.2024
Misr O‘zbekistonda qurilayotgan kimyo klasteri loyihasida ishtirok etmoqchi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024