Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatni sud orqali litsenziyadan mahrum qilish mexanizmi ishlab chiqildi
Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga tuzatishlar ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, ilgari amal qilgan advokatlik litsenziyalarining amal qilishi adliya organlarining qarori bilan to‘xtatilgan va bekor qilingan. Biroq 2018 yil oktyabrda «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin vaziyat o‘zgardi.
Hozir ikki tartib parallel ravishda amal qilmoqda: suddan tashqari (adliya organining qarori bilan) va ma'muriy sudning qarori bo‘yicha. Har bir tartib bo‘yicha belgilangan asoslar ro‘yxati mavjud. Advokatning nojo‘ya xatti-harakatlariga, asosan, sud tartibi qo‘llaniladi (quyidagi jadvalga qarang), bu unga vakolatli organlar bilan bir qatorda turib o‘z pozitsiyasini himoya qilishga imkon beradi.

Bunda quyidagi idoralar sudga murojaat qilishi mumkin:
• litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan – advokatga guvohnoma bergan adliya organi yoki Advokatlar palatasi;
• litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan – Adliya vazirligi Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida.
Arizaga jadvaldagi holatlarni tasdiqlovchi materiallar ilova qilinadi. Sud ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning kelishini majburiy deb e'tirof etishi mumkin. Ish sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Jarayon davomida sud quyidagilarni belgilaydi:
• huquqbuzarlik holati va uni sodir etish dalili yuz berganligi;
• tekshirish hamda uning natijalari va ariza beruvchining vakolatlari bo‘yicha dalolatnoma (boshqa hujjat) tuzish uchun asos mavjudligi;
• qonun hujjatlarida mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilganligi va advokat litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjudligi.
Lisenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror u qabul qilingan kundan 10 kun o‘tgach (apellyatsiya berilgan hollarda – apellyatsiya instansiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab), litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror esa u qabul qilingan kundan qonuniy kuchga kiradi.
Advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror nusxasi ish jarayoni ishtirokchilariga u qabul qilingan kunda, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror nusxasi esa keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
07:51 / 02.04.2026