Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilk bor maktab bitiruvchilari jamg‘armasi tashkil etildi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida respublika umumta'lim maktablari orasida ilk bor maktab bitiruvchilari jamg‘armasi tashkil etildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan 1-maktab internatida ushbu dargohni turli yillarda tamomlagan bitiruvchilar tashabbusi bilan maktabni rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamg‘arma faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jamg‘arma iqtidorli, bilimli o‘quvchilarning o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni turli musobaqalarda faol ishtirokini ta'minlashga ko‘maklashish, imkoniyatlari yetarli bo‘lmagan o‘quvchi va talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilarning mehnatiga yarasha qo‘shimcha rag‘batlantirish, ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yordam berishni maqsad qiladi.
Jamg‘arma mazkur ta'lim muassasasini bitirib ketgan 400ga yaqin bitiruvchilarni o‘zida jamlagan.
Bitiruvchilar jamg‘armasi yo‘l xaritasida o‘quv jarayoni uchun jihozlar xarid qilish, iqtidorli o‘quvchilar uchun maxsus stipendiya tashkil etish, kam ta'minlangan oilalar farzandi bo‘lgan o‘quvchilarning badal pullarini to‘lab berish kabilar ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, maktab internatning kutubxonasini ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish maqsadida bitiruvchilar tomonidan e'lon qilingan “O‘zim o‘qigan maktabimga kitob tuhfam” aksiyasi doirasida qisqa muddat mobaynida 700 ga yaqin kitoblar to‘planishiga erishildi.
Aksiya yakuni bo‘yicha jamlangan kitoblar navbatdagi o‘quv yili boshida topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 321-son qarori bilan "Ta'lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasi to‘g‘risida nizom" tasdiqlangan edi.
Mavzuga oid
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025
Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish yangi jamg‘arma orqali amalga oshiriladi
18:08 / 22.11.2025