Jamiyat | 19:10 / 23.07.2019
4363
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi: 17 mingga yaqin bemor order olishni kutmoqda

Bugun, 23 iyul kuni soat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida «O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish rejasi, hududiy kasalxonalarning muammolari, bepul orderlar olish tartibi» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shifokorlar maoshi va tibbiy sug‘urta masalasida ham ma'lumotlar berildi.

Soha xodimlari maoshi 2018 yil 1 dekabrdan 1,2 baravar, 2019 yilning 1 aprelidan 1,15 baravar oshirildi. Joriy yil 1 avgustdan boshlab barcha budjet muassasalari singari 1,1 baravar oshiriladi. Bu bilan 2018 yilning oxiri va 2019 yilning o‘tgan vaqti mobaynida sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining ish haqi qariyb 50 foizga oshirilishiga erishiladi.

Majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich, ya'ni 2019-2020 yillarda bu borada tayyorgarlik ishlari hamda tizimning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi. 2021 yildan esa joriy etish boshlanib, birinchi navbatda, yirik tashkilotlarda majburiy sug‘urta ta'minlanadi. Bunda davlatning, ish beruvchining va albatta, fuqaroning mablag‘i, ya'ni ulushi bo‘ladi. Keyingi bosqichda budjet tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarni, uchinchi bosqichda esa barcha aholini qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, olinayotgan orderlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. 2018 yilda berilgan orderlar soni 2017 yilga nisbatan bir necha barobarga oshgan. Xususan, statsionar (yotib davolanish uchun) orderlar 41988ta, ambulator (tashxis uchun) orderlar 16535ta berilgan.

Ayni paytda 16457 nafar bemor order olish uchun navbatda turibdi va ularga ham navbati bilan bu hujjat beriladi.

Mavzuga oid