O‘zbekiston | 09:27 / 23.07.2019
1670
1 daqiqa o‘qiladi

«Tadbirkor ayollar» respublika biznes-forumi tashkil etiladi

O‘zbekistonda “Tadbirkor ayollar” respublika biznes-forumi tashkil etiladi. Bu haqda 2019 yilda ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasida aytiladi.

Qayd etilishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning ishtirokini yanada oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor ayollar” respublika biznes-forumi tashkil etiladi.

Bunda biznes-forum konsetsiyasi va dasturi ishlab chiqilib, biznes-forumda ishtirok etadigan tadbirkor ayollar ro‘yxati shakllantiriladi. Shuningdek, biznes-forum moderatorlari va ma'ruzachilari aniqlanadi, biznes-forum doirasida hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

Mas'ullar - O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Hunarmand” uyushmasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid