Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valentina Matviyenko kuzda O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Rossiya davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirishda parlamentlarning o‘rni va ahamiyati ham tobora oshib bormoqda.
Uchrashuvda joriy yilning kuzida Federal Majlis Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Jumladan, Oliy Majlis Senati delegatsiyasining 2018 yil noyabrda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, shuningdek Oliy Majlis Senati hamda Federal Majlis Federatsiya Kengashi hamkorligi bo‘yicha komissiyaning majlisi o‘tkazildi.
Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026