Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi a'zolari tomonidan poytaxtdagi oliy ta'lim muassasalarida professor-öqituvçilar, xodim va talabalar iştirokida davra suhbatlari ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur uçraşuvlarda “Ta'lim muassasalarida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşişning ma'naviy-tarixiy asoslari” mavzusida ma'ruzalar qilinib, mamlakatda korrupsiyaga qarşi kuraşişda qonunçilik negizlarini mustahkamlaş, ularning ijrosi yuzasidan ta'sirçan parlament va jamoatçilik nazoratini örnatiş, qolaversa, davlat idoralarining uşbu yönalişdagi faoliyatining samaradorligini tubdan oşiriş maqsadida Oliy Majlis Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi taşkil etilganiga urğu berildi.
Bundan taşqari, bu borada qabul qilinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatiga alohida e'tibor berildi. Xususan, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Özbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni yuzasidan söz yuritildi. Unga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan e'tiboran tajriba-sinov tariqasida jamoatçilik va yetakçi ekspertlar, şu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqiçda kapital quriliş va oliy ta'lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oşirilişi közda tutilgani, 2020 yil 1 apreldan esa boşqa sohalarga ham bosqiçma-bosqiç joriy etilişi ta'kidlandi.
2018 yilning özida Oliy ta'lim vazirligi tizimida 167 ta jinoyat sodir etilib, jami 9,1 mlrd. söm zarar yetkazilgan. Şu nuqtai nazardan aholining huquqiy savodxonligini oşiriş, davlat va jamiyat hayotining barça jabhalarida korrupsiyadan ogohlantiriş böyiça çoralar köriş, korrupsion huquqbuzarliklarni öz vaqtida aniqlaş, ularning oqibatlari, sabab va keltirib çiqargan şaroitlarini bartaraf etiş muhimligi belgilab olindi.
Uçraşuvlarda 2019 yil 1 sentyabrdan boşlab, yoşlarga korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida huquqiy ta'lim beriş böyiça kompleks çora-tadbirlar işlab çiqilib, tatbiq etilişi haqida ma'lumot berildi. Bundan taşqari, umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'lim muassasalarining öquv dasturlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş kabi mavzular yanada kuçaytirilişi borasida ham fikr almaşildi.
Şu bilan birga, davra suhbatlarida professor-öqituvçilar hamda talabalarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş, oliy öquv yurtlarida poraxörlikka yöl qöymaslik borasidagi takliflari tinglandi, deyiladi xabarda.

















