Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada rekord issiq harorat tufayli Eurostar tezyurar poyezdi ishdan chiqdi
Yevropada kuzatilayotgan anomal issiq harorat Belgiyaga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Haroratning yuqorilashi Eurostar tezyurar poyezdlari qatnovida uzilishga olib kelgan. Bu haqda BBC News telekanali xabarida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilarni olib ketayotgan bir poyezd ishdan chiqqan.
24 iyulda mamlakatda harorat 38,9 darajaga ko‘tarilib, tarixiy rekord qayd qilindi. Belgiyada oxirgi marta bunday yuqori harorat uzoq 1947 yilda qayd qilingan.
Mamlakat rahbariyati ilk bor ob-havo xavfining eng yuqori – “qizil” darajasini e'lon qilgan.
Ayni vaqtda Yevropa hududini anomal issiq harorat qamrab olgan, halok bo‘lganlar bor.